TURK ILDIZIM, BIRIDIRSIZ OZARBAYJON!

TURK ILDIZIM, BIRIDIRSIZ
OZARBAYJON!
Buyuk Turon shamollari kezar dilda,
Qardosh kuyi yangrar, qoʻshiqdir tilda.
Ozarbayjon – ildizimdir, oʻzbek elim gulshan,
Bir daraxtdan ungan navbahor gulda.
Dutor jilvalanar, soz titrar qoʻlda,
Yuraklar joʻsh urar samimiy yoʻlda.
Bir ohang boshlansa – yashagay olam,
Mehr yogʻilgaydir, ulugʻ mash’ala qoʻlda.
Qorabogʻdan kelgay mugʻomning sasi,
Samarqand bagʻrida yangrar navosi.
Shoʻx raqsga chorlagay turkiy elimni,
Qardoshlik – dillarning buyuk nafasi.
Qardosh mash’alidan yogʻilar ziyo,
Yurtim yuragida yangragay navo.
Bir kuy boshlanishi – yuraklar uygʻoq,
Mangu doʻstlik birlan, nur sochar dunyo.
Qardosh qoʻllar birlashar mayin navoda,
Mehr gullar ochilgay har bir sadoda.
Raqsga tushar hatto, gul qaro koʻzlar,
Turkiy ruh uygʻonar qalblar havoda.
Bir tomchi oqibat ming dillarga nur,
Birlik bor yurakda – soʻnmagay gʻurur.
El birlan yashaydi muqaddas iymon,
Turon qoʻshigʻida uygʻonar vijdon.
Nasiba qizi der: Ajralmas bu jon,
Turon qizidurman, qalbimda iymon.
Bir qoʻshiq kuylansa million yurakda,
Bir boʻlar osmonu, bir boʻlar vijdon.
Turk ildizim biridirsiz, Ozarbayjon!
Kindik qonim toʻkilgan yurt Oʻzbekiston!
Yuragimda joʻsh uradi, Doʻstlik madhi,
Ajdodlardan meros ildiz, Buyuk Turon!
Müəllif: Nasiba Xaydarova
Turan Yazarlar Birliyinin üzvü, TYB-nin “Tomris Ödülü” laureatı, bədii qiraətçi, yazıçı-şair
Oxuyun >> Gözündə tük var
Zaur Ustacın şeirləri haqqında


