Weather Data Source: havadurumuuzun.com

FAXR O‘ZINGDIRSAN, EY BUYUK TURON!

FAXR O‘ZINGDIRSAN, EY BUYUK TURON!

Tarix zarvarag‘i kuylagan ziyo,
Turonim o‘zingsan, tan olgan dunyo.
Ko‘hna silsilalar, tilsimot olami go‘yo,
Faxr o‘zingdirsan, ey Buyuk Turon!

Amir Temurdan qolgan, tarixiy ildiz,
Qardoshlik davlatlar, asosiy negiz.
Do‘stlikdan porlagay, ma’rifiy yulduz,
Faxr o‘zingdirsan, ey Buyuk Turon!

To‘marisdan qolgan, bizlarda meros,
Ilohiy ruhiyat, qalbimdan uchgan bir asos.
Shiddatu-shahdimdir, ajdodlar e’zoz,
Faxr o‘zingdirsan, ey Buyuk Turon!

Ulug‘ bobolarim bitgan dostonlar,
Kuylanalar qalblarda ezgu davonlar.
Birlikdan quvvat olar barcha insonlar,
Faxr o‘zingdirsan, ey Buyuk Turon!

Ilm-fan beshigisan, ma’rifat makon,
Yoritgay kelajak nurli osmonin.
Tinchlik va taraqqiyot ezgu farmoni,
Faxr o‘zingdirsan, ey Buyuk Turon!

Qadriyatlar kuylanar, shaffofdir koʻzgu,
Milliylik gʻoyasi, istigʻvor tuygʻu.
Doʻstlik rishtalari, bogʻlansin mangu,
Faxr oʻzingdirsan, ey Buyuk Turon!

Avlodlar qo‘lida porloq istiqbol,
Yuksalar yurtimiz, bo‘lar baxt iqbol.
Hamjihat xalqlar-la ochiqdir har yo‘l,
Faxr o‘zingdirsan, ey Buyuk Turon!

Müəllif: Nasiba Xaydarova

Nasiba Xaydarovanın yazıları


ZAUR USTACIN YAZILARI

Oxuyun >> Gözündə tük var

Zaur Ustacın şeirləri haqqında

YAZARLAR.AZ

I>>>>>>BU HEKAYƏNİ MÜTLƏQ OXU<<<<<<I

I>>Mustafa Müseyiboğlu adına kitabxana<<I

Top